O‘zbekistonda sut mahsulotlariga ishlab chiqarishda tabiiy yoki quruq sutdan foydalanilganini ko‘rsatuvchi markirovka joriy etish rejalashtirilmoqda. Shu maqsadda uchta hududda sinov laboratoriyalari tashkil etiladi.
Prezident qarori bilan chorvachilik bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan import qilinadigan qishloq xo‘jaligi texnikalari 2025 yilga qadar bojxona to‘lovlari va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi. Qolaversa, 2023 yil 31 dekabrgacha yirik va mayda shoxli qoramollar tirik vaznining har bir kilogrammi (4000 so‘m) va sutning har bir litri (400 so‘m) uchun subsidiya ikki baravarga oshiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting